Samarqand triatlon bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

© Sportni rivojlantirish vazirligiTriatlon bo‘yicha Osiyo kubogi
Triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi Osiyo kubogi musobaqalarida qatnashish istagini bildirgan sportchilar o‘tgan yilgiga qaraganda 3 baravar ko‘paygan.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Samarqand triatlon bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi. Bu haqida mazkur musobaqaga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
8-9-oktabr kunlari Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasi atrofida 30dan ortiq mamlakatning 70 nafar atleti Parij-2024 olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini qo‘lga kiritish uchun bellashadi.
Ular 8-oktabr kuni eshkak eshish kanali bo‘yida triatlon bo‘yicha baxs olib borishadi.

“Xalqaro talablarga javob beradigan eshkak eshish kanalida triatlonning ochiq havzada suzish musobaqalarini tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, ushbu sport majmuasi atrofidagi yugurish va velosport musobaqalarini o‘tkazishga mos keladigan yo‘laklar ham xorijlik mehmonlarni xushnud etishiga ishonaman”, - deydi O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun.

Bu yilgi Osiyo kubogi musobaqalarida qatnashish istagini bildirgan sportchilar o‘tgan yilgiga qaraganda 3 baravar ko‘paygan.
Yangiliklar lentasi
0