Oktabrning ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

CC0 / pexels.com / Solnse i goluboe nebo
Solnse i goluboe nebo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 22…24 daraja bo‘ladi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l xududlarida 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21…26 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22…24 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13…18 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0