Moskva migrantlarga minnatdorlik bildirmoqda - video

Obuna bo‘lish
Moskva mehnat migrantlaridan minnatdor, kerak bo‘lsa aholining o‘zi ularni himoya qiladi ham - Krugovix.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Moskvaliklar uzoq yillardan buyon qonun-qoidalarga amal qilib mehnat qilayotgan migrantlarga minnatdorlik bildirmoqda, deydi, Igor Krugovix Rossiya xalqlari assambleyasi kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, Rossiya va O‘zbekiston do‘stlik va hamkorlik jamiyati boshqaruvi raisi.
Yaqinda yoz oylarida biz Moskva tumanlari bo‘ylab yurib mehnat migrantlari vakillari bilan uchrashdik va juda qiziq holatga guvoh bo‘ldik. Mehnat migrantlari orasida “oilaviy ishlash” degan fenomen paydo bo‘lgan. Ya’ni bunda yigirma yil yoki undan ham ko‘proq yillar avval kelib ishlagan katta avlod, bu yerda o‘ziga ma’qul keladigan ishni va joyni joyni topganidan so‘ng, ularning farzandlari, ham kelib shu joyda ishlamoqda.

Bilasizmi, bu juda yaxshi. Nega? Birinchidan, biz ishlayotgan odamlarni bilamiz. Ular bizni bilishadi. Ular o‘z ish joylarini bilishadi va biz ular nima ish bilan shug‘ullanayotganini bilamiz. Ular rus tilida yaxshi gapirishadi.

Ular, xudo ko‘rsatmasin, hech qanday ekstremistik yoki boshqacha holatlarga yo‘l qo‘yishmaydi. Agar biror kishi ularni yo‘ldan urmoqchi bo‘lsa, ularning o‘zi birinchilardan bo‘lib bunday buzg‘unchilarning haqqini berishadi. Chunki ular buning oxiri nima bilan tugashini yaxshi bilshadi.

Bilasizmi, hozir Moskva mehnat migrantlariga minnatdorlik bildirmoqchi. Aytmoqchimanki, birinchidan, Moskvada har bir ayol, qaysi millat vakili qaysi davlat fuqarosi bo‘lishidan qat’iy nazar farzand ko‘rishi bilan bog‘liq xarajatlar - bepul.

Shimoli-sharqiy prefekturada eng yaxshi ishlaganlarga velosiped sovg‘a qilinadi. Eng yaxshi ishchini tanlashda aholining o‘zi ishtirok etadi. Aholining o‘zi mehnat migrantlarini himoya qilishadi ham. Shu sababli bu yangi fenomen bizni xursand qiladi.
Yangiliklar lentasi
0