https://oz.sputniknews.uz/20221001/lxrda-ukraina-qoshinlarining-nishonga-olishda-yordam-beruvchisi-qolga-olindi-28702474.html
LXRda Ukraina qo‘shinlarining nishonga olishda yordam beruvchisi qo‘lga olindi
LXRda Ukraina qo‘shinlarining nishonga olishda yordam beruvchisi qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, Boyeva sherigi bilan birgalikda Kiyev harbiylari va maxsus xizmatlariga ma’lumotlar uzatgan. 01.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-01T18:50+0500
2022-10-01T18:50+0500
2023-04-05T18:40+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/03/25859158_0:33:1462:855_1920x0_80_0_0_0ffca81f2834934b2af68a5d30f71f85.jpg
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Ukraina qo‘shinlarining Lugansk xalq respublikasidagi nishonga olishda yordam beruvchisi qo‘lga olindi, u 20-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligiga kuch tuzilmalaridagi manba ma’lum qildi.Manbaga ko‘ra, Boyeva Aleksey Bayov bilan tandemda ishlagan. Ukraina qo‘shinlari 21-sentabr kuni Novoaydarga HIMARS tizimlaridan o‘q uzgan. Otishma natijasida bir fuqaro halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Novoaydar agrar kollejining turar-joy binosi, o‘quv binosi va yotoqxonasi vayron bo‘lgan. Don ombori, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi ombori, sakkizta qishloq xo‘jaligi texnikasi, ikkita yengil va bitta yuk mashinasi o‘qqa tutilib, vayron bo‘lgan. To‘rtta uy zarar ko‘rgan.Boyeva va Bayov birgalikda Kiyev harbiylari va maxsus xizmatlariga ma’lumotlarni uzatgan, artilleriya ishining natijasini videoga yozib olgan. Bundan tashqari, Boyeva Ukraina maxsus xizmatlariga xabar berish uchun sobiq hamkasbiga aholi punkti ma’muriyati xodimlari haqida ma’lumot bergan.
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/03/25859158_139:0:1323:888_1920x0_80_0_0_c119fa5409af863de460d2e1c9a43808.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
ukraina, lugansk xalq respublikasi (lxr), rossiya
LXRda Ukraina qo‘shinlarining nishonga olishda yordam beruvchisi qo‘lga olindi
18:50 01.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, Boyeva sherigi bilan birgalikda Kiyev harbiylari va maxsus xizmatlariga ma’lumotlar uzatgan.
TOShKENT, 1 okt - Sputnik. Ukraina qo‘shinlarining Lugansk xalq respublikasidagi nishonga olishda yordam beruvchisi qo‘lga olindi, u 20-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti agentligiga kuch tuzilmalaridagi manba
ma’lum qildi. “LXR xavfsizlik kuchlari Novoaydar tumanida tug‘ilgan, avval Schastinskoy ma’muriyati xodimi bo‘lgan Anastasiya Boyevani ma’lumotlarni uzatgani va Novoaydardagi fuqarolik obyektlariga o‘t ochgani uchun hibsga oldi”, deyiladi xabarda.
Manbaga ko‘ra, Boyeva Aleksey Bayov bilan tandemda ishlagan. Ukraina qo‘shinlari 21-sentabr kuni Novoaydarga HIMARS tizimlaridan o‘q uzgan. Otishma natijasida bir fuqaro halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Novoaydar agrar kollejining turar-joy binosi, o‘quv binosi va yotoqxonasi vayron bo‘lgan. Don ombori, o‘g‘itlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi ombori, sakkizta qishloq xo‘jaligi texnikasi, ikkita yengil va bitta yuk mashinasi o‘qqa tutilib, vayron bo‘lgan. To‘rtta uy zarar ko‘rgan.
Boyeva va Bayov birgalikda Kiyev harbiylari va maxsus xizmatlariga ma’lumotlarni uzatgan, artilleriya ishining natijasini videoga yozib olgan. Bundan tashqari, Boyeva Ukraina maxsus xizmatlariga xabar berish uchun sobiq hamkasbiga aholi punkti ma’muriyati xodimlari haqida ma’lumot bergan.
“Xorijiy maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilish va Ukraina artilleriyasidan fuqarolik obyektlarini nishonga olganlik uchun LXR Jinoyat kodeksiga muvofiq Boyeva 20-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, deya qo‘shimcha qiladi manba.