Toshkentning Kichik halqa yo‘lida transport tezligi cheklandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB YHXB hamda sohaga oid tegishli tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda poytaxt ko‘chalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklanadi. Bu haqida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB YHXB hamda sohaga oid tegishli tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda poytaxt ko‘chalarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
“O‘rganishlar natijasida doimiy komissiya va IIBB YHXB tomonidan Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash maqsadga muvofiq deb topildi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, ba’zi ko‘chalarda harakat xavfsizligini to‘laqonli ta’minlash, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport holdisalarining oldini olish va kamaytirish, shuningdek, harakat ishtirokchilari uchun yetarli darajada qulay sharoitlar yaratish maqsadida trasport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklash rejalashtirilmoqda.
Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li kiradi.
Doimiy komissiyada mazkur masalani xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 172-sonli qaroriga ko‘ra, aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bog‘chalar atrofidagi yo‘llarda 300 metrgacha bo‘lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Yangiliklar lentasi
0