Referendum, “Shimoliy oqim”, oziq-ovqat. Erdog‘an va Putin nimalarni muhokama qilishdi

© FOTO POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi
Prezident RF V. Putin provel peregovori s prezidentom Tursii R. Erdoganom v Sochi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarlari 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidlagan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik.Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha, 29-sentabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.
Dastlab Turkiya prezidenti Ijevsk maktabida sodir etilgan terrorchilik harakatining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya yetakchisiga hamdardlik bildirgan. Shundan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning turli jihatlari va Ukraina atrofidagi vaziyat yuzasidan mazmunli suhbat bo‘lib o‘tgan.
Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarning izchil sur’ati, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada oshgani qayd etilgan. Rossiya tabiiy gazini Turkiyaga yetkazib berish va “Akkuyu” atom elektr stansiyasini birgalikda qurish bo‘yicha shartnomalarni amalga oshirish doirasida energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlikka ijobiy baho berilgan. Rossiya va Turkiya prezidentlarining Sochi va Samarqandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan.
Putin: referendum xalqaro huquq norma va tamoyillariga to‘la mos ravishda o‘tdi
Vladimir Putin 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumlar natijalari haqida Rajab Tayyip Erdog‘onga so‘zlab bergan. Putin aytishiga ko‘ra, ovoz berish shaffoflik sharoitida, xalqaro huquq norma va tamoyillariga to‘la mos ravishda o‘tgan.
Ushbu mintaqalar aholisi BMT Nizomi, 1966-yildagi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro paktlar va 1975-yildagi Xelsinki yakuniy akti qoidalariga muvofiq o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan foydalangan.
Rossiyadan jahon bozorlariga oziq-ovqat yetkazib berishdagi to‘siqlarni bartaraf etish zarur
Suhbatda Putin Erdog‘anga Qora dengiz portlaridan g‘alla eksporti hamda Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini eksport qilish bo‘yicha Istanbul kelishuvlariga erishishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan. Shu bilan birga, g‘alla bo‘yicha ushbu paketli bitimni aynan kompleks tarzda amalga oshirish, jumladan, Rossiyadan jahon bozorlariga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berishdagi to‘siqlarni bartaraf etish zarurligiga e’tibor qaratilgan.
Putin: “Shimoliy oqim”dagi favqulodda holat xalqaro terrorchilik harakatidir
Rossiya Federatsiyasi prezidenti “Shimoliy oqim”da sodir bo‘lgan voqeani misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakati, gaz quvurlariga qarshi xalqaro terrorchilik akti deb atadi. Qayd etilishicha, Rossiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida shoshilinch muhokamaga olib chiqmoqda.
Erdog‘an: muzokaralarga yana bir imkoniyat berish kerak
Erdog‘an ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Turkiya rahbari Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun muzokaralarga imkoniyat berish zarurligini aytib, Anqara vositachi bo‘lishga tayyorligini ta’kidlagan.
“Prezident Erdog‘an yana ijobiy o‘zgarishlarga yo‘l ochish uchun taranglikni pasaytirishga qadamlar zarurligini, ayniqsa, Ukrainaning ba’zi hududlarini Rossiyaga qo‘shib olish masalasida Moskvadan bu jarayonni osonlashtirish uchun qadamlar tashlashi kutilayotganini aytdi. Putindan muzokaralar uchun yana bir imkoniyat berishni so‘ragan Erdo‘g‘on Turkiya bu jarayonda vositachilik rolini o‘ynashga tayyorligini aytdi”, - deyiladi Turkiya rahbarining idorasi xabarida.
Yangiliklar lentasi
0