Energetika vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiJo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov
Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Prezident "O‘zkimosanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Jo‘rabek Mirzamahmudovni bosh vazir o‘rinbosari — energetika vaziri lavozimiga tasdiqladi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov bosh vazirning yoqilg‘i-energetika va kimyo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari — energetika vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Jo‘rabek Mirzamahmudov 1979-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2001-yil AQShdagi Alabama universitetini, 2005-yil Toshkent kimyo-texnologiyalar institutini tamomlagan.
2006-2012 yillarda "O‘zbekneftgaz"da turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari, 2014-2017 yillarda "O‘zkimosanoat" raisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasida departament mudiri lavozimida ishlagan, 2018-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori, 2019-yildan "O‘zatom" agentligi bosh direktori bo‘lgan. 2019-2020 yillarda energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2020-yil yanvarida "O‘zkimosanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil aprel oyiga qadar energetika vazirligiga Alisher Sultonov rahbarlik qilib kelayotgan edi, biroq prezident uni salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0