"Buxoro - Xiva" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar harakati tiklanmoqda

© Uzbekiston temir yullariPoyezd Buxara – Xiva – Buxara
Poyezd Buxara – Xiva – Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchi poyezd harakati tiklanishiga respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabi sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. "Buxoro - Xiva - Buxoro" yo‘lovchi poyezdi harakati 5-oktabrdan tiklanadi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Aytilishicha, Buxoro - Xiva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi harakati respublikada turizmni rivojlantirish va turistik firmalarning talabiga asosan tiklanmoqda.
Poyezd Buxorodan 5-oktabrdan 13-noyabrgacha haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlaridan boshlab jo‘naydi.
Xivadan esa 6-oktabrdan 14-noyabrgacha haftaning payshanba, shanba va dushanba kunlari jo‘naydi.
Harakat jadvali:
"Buxoro 12:10 — Xiva 19:29"
"Xiva 07:52 — Buxoro 15:16"
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabrdan Andijondan Xivaga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 29-sentabridan boshlab haftaning har payshanba kuni Andijondan harakatlanayotgan “Andijon — Buxoro” yo‘lovchi poyezdining harakat yo‘nalishi Urganch bekatigacha uzaytirildi.
Yangiliklar lentasi
0