Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Prezident muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tibori ekanini ta’kidlagan.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha O‘zbekiston pedagoglarini O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tiboridir. Shu bois keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Pedagog xodimlarni majburiy mehnat va turli jamoatchilik ishlariga jalb qilish holatlariga chek qo‘yilgani, ta’lim muassasalarida qog‘ozbozlikka barham berilayotgani bugun o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda.
Mirziyoyev ta’lim tizimini yanada rivojlantirish masalasi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiradigan eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanganiga e’tibor qaratgan.
Barcha hududlari, ayniqsa, qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
“Siz, aziz ustoz va murabbiylar bugun mana shunday o‘ta mas’uliyatli jabhada tom ma’noda tarixiy missiyani ado etmoqdasiz. Chunki, Vatan va xalq manfaati uchun mardona kurashadigan, o‘zining qat’iy hayotiy pozitsiyasiga ega, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarni tarbiyalash – haqiqatan ham g‘oyat ezgu va ulug‘ vazifadir. Barchangizga shu sharafli yo‘lda olib borayotgan olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilayman”, - deyiladi tabrikda.
O‘zbekistonda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi
Yangiliklar lentasi
0