Rossiya nodo‘st mamlakatlar furalarini kiritmaydi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovProbka iz fur, arxivnoe foto
Probka iz fur, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu chora ayrim xorijiy davlatlarning Rossiyaga nisbatan amalga oshirayotgan nodo‘st harakatlariga javoban qabul qilinmoqda.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Rossiyaga qarshi sanksiya kiritgan chet davlatlarining yuk avtomobillari Rossiya hududi orqali o‘tkazmaslik haqida qonun tayyorlanmoqda. Bu haqida bugun e’lon qilingan prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi prezident Rossiya Hukumatiga ana shunday cheklov chorasini ishlab chiqish va uni joriy etish huquqini beradi.

Ushbu ta’qiq chorasi AQSh boshchiligidagi bir qator xorijiy davlatlarning Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan amalga oshirayotgan nodo‘st harakatlariga javoban qabul qilinmoqda.

Rossiya Hukumati Rossiya fuqarolari va yuridik shaxslariga nisbatan cheklov choralari kiritgan chet davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan yuk tashuvchilarga Rossiya hududi orqali avtomobil transportida yuk tashishni cheklash huquqi beriladi.
Rossiya Hukumati ushbu ta’qiqning amal qilish muddati, uning ta’siri ostiga tushadigan davlatlar ro‘yxati, ta’qiq ostiga tushadigan xalqaro yuk tashish turlarini belgilaydi.
Shuningdek Vazirlar Mahkamasi ta’qiqdan mustasno bo‘lgan holatlarni ham belgilaydi.
G‘arb sanksiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish bo‘yicha maxsus operatsiyani e’lon qilganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklov choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Ko‘plab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi. Rossiyaning xorijdagi aktivlari muzlatildi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘st bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0