Ahmoqona xabar - Peskov CNNning Rossiya kemalari haqidagi xabariga javob berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
Zamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
"Shimoliy oqim-2" gaz quvurida avariya sodir bo‘lgan hududda ko‘proq NATO kemalari va samolyotlari ko‘rilgan, deydi Peskov.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. CNN`ning Boltiq dengizidagi “Shimoliy oqim” avariyasi hududida Rossiya kemalari va suv osti kemalari ko‘rilgani bo‘yicha da’volari ahmoqona va noxolisdir, u yerda ko‘proq NATO kemalari va samolyotlari nazarga tushgan, deydi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Bu hudud Boltiq dengizi, u yerda NATO davlatlariga tegishli bo‘lgan uchuvchi, suzuvchi va boshqa dengiz transporti vositalari ko‘rilgan, shuning uchun bu mutlaqo ahmoqona yangilik, aytaylik, noxolis”, dedi Peskov.
Ma’lumot o‘rnida, voqea bir vaqtning o‘zida Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvurida sodir bo‘lgan. Daniya va Shvetsiya rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, “Shimoliy oqim”da ikkita va “Shimoliy oqim 2”da bitta gaz sizib chiqishi aniqlangan. Germaniya, Daniya va Shvetsiya maqsadli qo‘poruvchilikni istisno qilmaydi.
Rossiya tomoni voqea ma’lum bo‘lishi bilanoq Daniyadan “Shimoliy oqim”dagi favqulodda holat haqida rasman ma’lumot so‘radi. Daniya hukumati Rossiya Federatsiyasini gaz sizib chiqqan joyda bo‘lgan portlashlar haqida xabardor qildi.
Yangiliklar lentasi
0