Peskov Putinning Ostonaga safari haqidagi savolga javob berdi

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy.
Prezident RF Vladimir Putin na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Kreml rasmiysi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putinning Ostonaga safari haqida savol berishga hali erta.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida Qozog‘istonga tashrif buyurushi haqida gapirishga hali erta, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning tegishli savollariga javob berar ekan. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirdi.
Avvalroq, Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov Putin oktabr oyida Ostonada Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilishda hamda MDH davlatlari rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi sammitida ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Jurnalistlar ushbu safar rejalari o‘zgargan yoki o‘zgarmaganligiga qiziqdi.
“Yo‘q, hech qanday rejalar o‘zgarmadi. Biz ma’lum bir vaqtda hammasini e’lon qilamiz. Aytishim mumkinki, hozircha rejalar o‘zgarmagan”, - dedi u.
Ma’lumot uchun, 14-oktabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida oliy darajadagi “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlatlari rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0