O‘zbekiston fuqarolari uchun Haj va umra kvotalari oshiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Korolevstva Saudovskaya Araviya vo glave s ministrom po delam xadja i umri Tavfikom bin Favzanom ar-Rabia.
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Korolevstva Saudovskaya Araviya vo glave s ministrom po delam xadja i umri Tavfikom bin Favzanom ar-Rabia. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabiya boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda muqaddas ziyoratgohlarga safarlarni tashkil etish borasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Saudiya Arabistonida bo‘lishi bilan bog‘liq yanada qulay va shinam sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston fuqarolari uchun yillik haj kvotasini ikki barobar – 24 ming nafargacha, umra kvotasini esa 100 ming nafargacha oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, raqamlashtirish sohasida ilg‘or tajribani joriy qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Saudiyalik turistlarning O‘zbekistonda bo‘lishi uchun vizasiz tartib joriy qilinganini hisobga olgan holda ularning mamlakatga safarlarini ko‘paytirish, ikki mamlakat yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0