Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 28-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Kirill Norton / Mediabankka o‘tishBlokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti
Blokpost VS RF v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari takror va takror muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga qaramasdan, hujumga o‘tish taktikasini davom ettirmoqda.
TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududida o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaning 28-sentabrda sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Kondrashovka va Petrovka aholi punktlari hududlarida vaqtincha joylashtirilgan Ukraina Qurolli Kuchlarining 14- va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalariga berilgan zarbalar natijasida 150 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 12 zirhli transport vositalari yo‘q qilindi.
Xarkov shahri yaqinidagi joylashgan, ichida 90 dan ortiq tank va boshqa zirhli jangovar texnika bo‘lgan bronetank zavodiga yuqori aniqlikda zarba berildi.
Krasnolimanskiy yo‘nalishida uyushtirgan hujumi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Natijada Ukraina qurolli kuchlarining 66 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalari 70 dan ortiq odam, to‘rtta tank va oltita piyodalar zirhli mashinasini yo‘qotdi.
Xortitsa orolida vaqtinchalik joylashgan Ukraina Qurolli Kuchlarining 36-dengiz piyodalari brigadasining "Chayka" taktik guruhiga, shuningdek, Zaporozje viloyatidagi Ukraina Qurolli kuchlarining 56-motooda piyoda brigadasiga berilgan zarbalar natijasida 100 dan ortiq harbiy xizmatchi va 20 ta harbiy texnika yo‘q qilindi.
Zaporojyeda joylashgan "EnergoMekhKomplekt" zavodiga berilgan zarba natijasida 10 ta dala artilleriya qurollari, shu jumladan Amerikaning ikkita M777 gaubitsasi, to‘rtta "Olxa" raketa tizimi va 15 ta avtomobil yo‘q qilindi.
Nikolayev shahri hududida joylashgan 28-mexanizatsiyalashgan va 59-moto-piyoda brigadalari, shuningdek, chet el yollanma askarlari bo‘linmalarining vaqtinchalik joylashtirish punktlariga berilgan zarbalar natijasida 90 dan ortiq harbiy xizmatchilar va jangarilar, shuningdek, 18 ta harbiy texnika yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Kupansk, DXRning Kramatorsk, Dnepropetrovsk viloyatining Kolomiysevo va Odessa viloyatidagi Prilimanskoe aholi punktlari hududlarida to‘rtta o‘q-dori va raketa va artilleriya qurollari ombori yo‘q qilindi. Nikolayev viloyatining Vesele qishlog‘i hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Xarkov viloyati Gusarovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
DXRning Belogorovka, Gorlovka, Marinka, Zaporojye viloyatining Pavlovka, Nikolayev viloyatining Yevgenovka aholi punktlari hududlarida beshta uchuvchisiz apparatlar urib tushirildi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Kazachya Lopan va Xerson viloyatining Bolshie Kopani aholi punktlari yaqinida ikkita "Tochka-U" ballistik raketalari tutib olindi. Donesk shahri va LXRning Branka shahri, Xerson viloyatining Novaya Kaxovka va Vesoloe aholi punktlari yaqinida HIMARS va "Olxa" raketa tizimlarining 7ta snaradlari havoda yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 305 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2 099 ta uchuvchisiz uchish apparati, 377 ta zenit-raketa tizimi, 5 143 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 851 ta raketa-tashuvchi jangovar texnika, 3,43 ta artiller. va minomotlar, shuningdek, 5963 dona maxsus harbiy texnika yshi qilindi.
Yangiliklar lentasi
0