Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xerson viloyati Ukraina tarkibidan de-fakto chiqib ketdi – Stremousov

© Sputnik / Ivan Rodionov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn v Xersone
Povsednevnaya jizn v Xersone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozirda Xerson viloyati aholisi Rossiyaning viloyatni yangi subyekt sifatida o‘z tarkibiga kiritish qarorini kutmoqda.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Xerson viloyati aholisining ko‘pchiligining qarori bilan amalda Ukraina tarkibidan chiqib ketdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Xerson viloyati aholisi ko‘pchilik ovoz bilan hozirgi natsistlar Ukrainasidan chiqib ketishga qaror qildi. De-fakto, Xerson viloyati o‘ziga xos fashistlar Germaniyasiga aylangan natsistlar Ukrainasidan chiqib ketdi”, dedi Stremousov agentlikka.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Xerson viloyati aholisi Rossiyaning viloyatni yangi subyekt sifatida o‘z tarkibiga kiritish qarorini kutmoqda.
Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendumlar 23-27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Saylov bulletenlarini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42%, Xerson viloyatida - 87,05%, Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi ulushi Rossiya Federatsiyasiga qo‘shilish uchun ovoz bergan.
Yangiliklar lentasi
0