Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qo‘shinlari Doneskni o‘qqa tutdi

© AP Photo / Ukrainian Defense Ministry Press ServiceUkrainskie voyennie ispolzuyut puskovuyu ustanovku Javelin vo vremya ucheniy v Doneskoy oblasti
Ukrainskie voyennie ispolzuyut puskovuyu ustanovku Javelin vo vremya ucheniy v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
Bugun soat 05:02 da Voroshilovskiy tumaniga 155 millimetrli kalibrli uchta snarad, oradan bir necha daqiqa o‘tib yana ikkita snarad otilgan.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Ukraina harbiylari Doneskning Voroshilovskiy tumaniga tong saharda NATO standartidagi 155 millimetrli kalibrli beshta snarad otdi. Bu haqda Ukraina harbiy jinoyatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish birlashgan markazidagi DXR vakolatxonasi ma’lum qildi.
23—27 sentabr kunlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Referendumda saylovchilarning 99,23 foizi DXRning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi uchun ovoz berdi.
“Ukraina qurolli tuzilmalaridan soat 05:02 da (Moskva vaqti bilan) Orlovka aholi punkti – Donesk shahri (Voroshilovskiy tumani) yo‘nalishida yong‘in qayd etildi: 155 millimetrli kalibrli uchta snarad otildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, soat 05:14 da shaharning o‘sha tumani yo‘nalishi bo‘yicha xuddi shunday yana ikkita snarad otilgan.
Yangiliklar lentasi
0