Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaga xush kelibsiz! - Medvedev. Referendum natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishReferendumi o prisoyedinenii k RF v gorodax Rossii
Referendumi o prisoyedinenii k RF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2022
Obuna bo‘lish
DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish haqidagi referendumning natijalari 27-sentabr soat 23:00da e’lon qilindi.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarida 23-27 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumining natijalari e’lon qilindi.
Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz bergan aholi ulushi:
DXRda - 99,23%,
LXRda - 98,42 %,
Xerson viloyatida - 87,05 %,
Zaporojye viloyatida - 93,11%.
Markaziy saylov komissiyalarining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.
Ushbu vaziyatga Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev quyidagicha izoh berdi.

"Referendum yakunlandi. Natijalar aniq. O‘z uyingizga, Rossiyaga xush kelibsiz!", - deb yozgan o‘zining telegram kanalida Medvedev.

Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27-sentabrgacha davom etadi.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.
Yangiliklar lentasi
0