Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Referendumning so‘nggi kunida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishReferendumi o prisoyedinenii k RF v gorodax Rossii
Referendumi o prisoyedinenii k RF v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Referendumning so‘nggi kunida ovoz berish, xavfsizlik nuqtayi nazaridan faqat saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun, 27-sentabr kuni DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum uchun saylov uchastkalari soat 08:00 dan 16:00gacha ishlaydi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.
Bugun - referendumning oxirgi kuni. Ovoz berish aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan saylov uchastkalaridan tashqarida ovoz bergan avvalgi to‘rt kundan farqli o‘laroq, saylov uchastkalarida bo‘lib o‘tadi.
Markaziy saylov komissiyalarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt kun davomida DXRda – 86,89 foiz, LXRda – 83,61 foiz, Zaporojye viloyatida – 66,43 foiz, Xerson viloyatida – 63,58 foiz aholisaylovda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlarida Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha referendum boshlandi. Ovoz berish besh kun, 27-sentabrgacha davom etadi.
19 sentabr kuni DXR va LXR Jamoat palatalari respublikalar rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnikka Rossiya tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha zudlik bilan referendum o‘tkazish tashabbusi bilan murojaat qildi. Ertasi kuni DXR va LXR rasmiylari referendum 23-27 sentabr kunlari bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Shuningdek, 20-sentabr kuni Xerson va Zaporojye viloyatlari ma’muriyati referendumlarni xuddi shu sanalarda o‘tkazish rejasini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya referendum qarorlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Respublikalar va viloyatlar vakillarining fikricha, Rossiyaga qo‘shilish ularning hududlari xavfsizligini ta’minlaydi va tarixiy adolatni tiklaydi.
Yangiliklar lentasi
0