O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol vafot etdi

© Soyuz pisateley UzbekistanaJamol Kamol
Jamol Kamol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Jamol Kamol o‘zbek tarjima san’atida ham o‘chmas iz qoldirgan buyuk adiblardan biri edi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi xabar qildi.
Jamol Kamol 1938-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1959). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limida mas’ul kotib (1970−72), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant va ilmiy xodim (1972−86) bo‘lib ishlagan.
Lirik she’r tuzilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan. Fafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir (1986−88), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1991−96) lavozimlarida xizmat qilgan.
Uning “Olam kirar yuragimga” nomli birinchi she’riy to‘plami 1968-yilda chop etildi. Shundan so‘ng “Cho‘qqilarga yog‘ildi yog‘du” (1971), “Tosh tug‘on” (1973), “Hasan va oy” (1974), “Quyosh chashmasi” (1975), “Dostonlar” (1978), “Tafakkur” (1979), “Suvaydo” (1983), “Umidli dunyo” (1988) to‘plamlari, 6 jildlik tanlangan asarlar to‘plami, “Armon”, “Varaxsha”, “Eshikdagi oy to‘lqini”, “Tosh tug‘on”, “Shahribonu” kabi dostonlari nashr etilgan.
U Uilyam Shekspirning “Hamlet”, “Otello”, “Antoniy va Kleopatra”, “Qish ertagi”, “Venetsiya savdogari”, “Qirol Genrix IV”, “Makbet” kabi o‘ndan ortiq dramalarini bevosita ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy ma’naviy” (2002-2004), Hazrati Alining “Devon”i (2006), Farididdin Attorning ‘Mantiq ut tayr” (2006) hamda “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Pandnoma va bulbulnoma”, “Hikmatlar” (2007-7012), Abdurahmon Jomiyning “Gulshaningda so‘lmasin Gul” (2008), Alisher Navoiyning “Foniy gulshani” (2011) kabi jami yigirma yettita asarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Jamol Kamol o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib xizmatlari uchun 1992-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0