Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev Energodar va ZAESni egallab olishga urinishi mumkin - Zaporojye ma’muriyati

© Sputnik / Viktor AntonyukBoysi ChVK "Vagner" na pozitsiyax, otbitix u VSU, radom s Baxmutom v Doneskoy oblasti
Boysi ChVK Vagner na pozitsiyax, otbitix u VSU, radom s Baxmutom v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Rogov: Biz dushmanning rejalari haqida bilamiz va o‘z yurtimizni himoya qilishga tayyormiz.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Energodar va uning chekkalarida hujum uyushtirishga urinishi mumkin. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Zelenskiy jangarilari Dneprni Kamenka-Dneprovskaya, Energodar va uning chekkalari, Ivanovka qishlog‘i orqali zo‘rlik bilan bosib o‘tishga urinishi mumkin. Shuningdek, ular Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olish rejalarini ham davom ettirmoqda”, dedi Rogov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ittifoqchi kuchlar Ukraina qo‘shinlarini qo‘ndirishga bo‘lgan bir necha urinishlarni bartaraf etgan.
“Biz dushmanning rejalari haqida bilamiz va o‘z yurtimizni himoya qilishga tayyormiz”, deydi Rogov.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0