Davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan pulli asosda foydalanish imkoniyati yaratildi

Rabochee mesto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2022
Obuna bo‘lish
Hukumat davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pulli foydalanishga ruxsat berdi.
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Hukumatning 20-sentabrdagi qarori bilan “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.uz.
Platforma orqali tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat idoralarining ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pulli asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar AKT vazirligi huzuridagi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markaziga (e-gov.uz) so‘rov yuborish kerak bo‘ladi. Platformaga ulanish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi.
Platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. Har bir so‘rov narxi BHM 0,1 foizidan 2 foizigacha (300 so‘mdan 6000 so‘mgacha) bo‘ladi. Foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0