https://oz.sputniknews.uz/20220925/yil-oxiriga-qadar-fargonada-elektromobil-ishlab-chiqarish-yolga-qoyiladi-28516891.html
Yil oxiriga qadar Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Yil oxiriga qadar Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
U yerda yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi. Uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi. 25.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-25T10:40+0500
2022-09-25T10:40+0500
2022-09-25T10:40+0500
iqtisod
farg‘ona viloyati
elektromobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/19/28516736_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3e65e36bb49e84f0959ae15a5d06a6a4.jpg
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Farg‘onada “Central Asia Motors” korxonasi negizida yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlarni ko‘zdan kechirgan. Korxonada, shuningdek, elektromobillar uchun kuzov, quvvatlash stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi.Qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. Shundan 40 million dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini ma’lum qildi.Avvalroq Farg‘onadagi “Central Asia Motors Co” korxonasida o‘tgan yil dekabridan elektromobillar sinov tartibida ishlab chiqarila boshlangani xabar qilingan edi.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/19/28516736_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_19947913cc1f1f0e080984afd9b1dec7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, farg‘ona viloyati, elektromobil
iqtisod, farg‘ona viloyati, elektromobil
Yil oxiriga qadar Farg‘onada elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
U yerda yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi. Uning 40 foizi eksportga yo‘naltiriladi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Farg‘onada “Central Asia Motors” korxonasi negizida yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha qilingan ishlarni ko‘zdan kechirgan. Korxonada, shuningdek, elektromobillar uchun kuzov, quvvatlash stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari ishlab chiqarilishi mahalliylashtiriladi.
Qayd etilishicha, loyihaning umumiy qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. Shundan 40 million dollarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.
Yiliga 10 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, uning 40 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Korxona bosh direktori Bahodir Ahmedov viloyat rahbariga elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlari joriy yil yakuniga qadar boshlanishini ma’lum qildi.
Avvalroq Farg‘onadagi “Central Asia Motors Co” korxonasida o‘tgan yil dekabridan elektromobillar sinov tartibida ishlab chiqarila boshlangani
xabar qilingan edi.