Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qo‘shinlari Xerson markaziga zarba berdi: ikki kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Obuna bo‘lish
Mehmonxonada RT jurnalistlari ham bo‘lishgan. Mahalliy hukumat raketa zarbasini terakt deb atadi.
TOShKENT, 25 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari HIMARS bilan Xerson markazidagi mehmonxonaga zarba berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
So‘nggi ma’lumotlarga zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan biri Ukraina Oliy radasining sobiq deputati Aleksey Juravko.
Mehmonxonada RT jurnalistlari ham bo‘lishgan. Ulardan hech kim jabrlanmagan.
Xerson viloyati ma’muriyati mehmonxonadan harbiy maqsadlardan foydalanilmagani, u yerda jurnalistlar va fuqarolar yashashganini ta’kidladi. Mahalliy hukumat raketa zarbasini terakt deb atadi va bu uchun javobgarlik Ukraina rahbariyati zimmasida ekanini qayd edi.
Barcha jabrlanuvchilar kasalxonaga olib borilgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari butun Xerson viloyatini nazoratga olishdi. 23-sentabrdan ozod qilingan hududlarda Rossiya tarkibiga qo‘shilishga oid referendum bo‘lib o‘tmoqda. Ovoz berish 5 kun – 27-sentabrga qadar davom etadi. Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Xerson aholisining 89 foizi Ukrainadan ajralib chiqish va Rossiya tarkibiga kirish tarafdori.
Yangiliklar lentasi
0