Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

© Transport vazirligi matbuot xizmatiSamarqand xalqaro aeroporti
Samarqand xalqaro aeroporti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2022
Obuna bo‘lish
2022 yil 1-oktabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekistonning turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi.
Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq meyorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo‘nalishlar bo‘yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.
Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat’iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.
“Joriy yilning 1-oktabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to‘g‘risida chet el aviatsiya ma’muriyatlari o‘rnatilgan tartibda xabardor etiladi”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0