Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ozod qilingan hududlar aholisi Rossiya tarkibiga kirishni istaydi - so‘rov

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGolosovanie na referendumax o prisoyedinenii k RF v Moskve
Golosovanie na referendumax o prisoyedinenii k RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya davomida ozod qilingan DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarining aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish tarafdori. Buni yaqinda o‘tkazilgan so‘rov yaqqol ko‘rsatdi.
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) Ijtimoiy tadqiqotlar ekspert instituti (EISI) tomonidan Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi o‘tkazilgan so‘rov natijalarini taqdim etdi.
DXR, LXR, Zaporoje va Xerson viloyatlari aholisining aksariyati ushbu hududlarning hududiy mansubligi masalasi bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etish niyatini bildirishmoqda. Eng ko‘p saylovchilar Donesk va Lugansk xalq respublikalarida qayd etilgan. Ularning har birida 87%dan, Zaporojye viloyatida - 80%, Xerson viloyatida - 69% so‘ralganlar saylovda ishtirok etishini bildirgan.
DXR va LXR aholisining mutlaq ko‘pchiligi (97%) Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi tarafdori bo‘lgan. Faqat (3%) so‘ralganlar aniq javob berishga qiynalgan.
Zaporojye va Xerson viloyatlari aholisi orasida -- mos ravishda (87%) va (89%) aholi Ukrainadan ajralib chiqish va Rossiya tarkibiga kiritish tarafdori bo‘lgan. Ushbu hududlar aholisining faqat (2%)bunday qarorga qarshi bo‘lgan va har o‘ninchisi javob berishga qiynalgan yoki hali qaror qilmaganini ta’kidlagan - mos ravishda 11 va 9%.
Yangiliklar lentasi
0