Kasanachilik uchun ajratilgan subsidiyalar miqdori oshirildi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilning 1-oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 2022 yil 1-oktabrdan kasanachiga ajratiladigan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha) oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni imzolagan 376-son qarorida keltirilgan.
Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-oktabrdan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar o‘rtasida har yili bir marta har birining qiymati 50 million so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Ayollar daftari”dagi kamida 5 ta ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlar tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi.
Xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlar davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027-yil 1-oktabrgacha ozod etiladi.
Bundan tashqari, har bir tuman (shahar)da xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari huzurida lider kasanachilarni jalb etgan holda “maslahat soatlari” joriy etiladi.
Hududlarda kasanachilik orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorliklar o‘rtasida “Eng namunali tadbirkor” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0