Toshkentning qaysi hududlarida yangi turar-joylar qurilishi ma’lum bo‘ldi

© PixabayStroyka
Stroyka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2022
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yetmishinchi sessiyasida qayd etilishicha, yil yakuniga qadar poytaxtda zamonaviy turar-joylar yanada ko‘payadi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentning bir qator tumanlarida yil yakuniga qadar turar-joylar foydalanishga topshiriladi. Bu haqida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yetmishinchi sessiyasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bu yil ham shaharda katta miqyosda qurilish ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Yangi O‘zbekiston” massivini barpo etish uchun Sergeli tumanining “Alisher Navoiy” massivida 14,7 gektar maydonda 1 536 ta xonadondan iborat 24 ta ko‘p qavatli turar-joy qurish rejalashtirilgan.
Massiv bosh rejasiga ko‘ra jami 2 352 ta xonadondan iborat 28 ta 16 qavatli turar-joy bunyod etish mo‘ljallangan. Shuningdek, hududda maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktabi, oilaviy poliklinika, sayilgoh, mahalla idorasi binolari qurilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shahar tumanlarida quyidagi turar-joylar bunyod etiladi:
Yangihayot tumani - “Yangi Darxon” MFY hududida 12,4 gektar maydonda 3 012 ta xonadondan iborat 39 ta 16 qavatli turar-joy binolari quriladi. Hozirda 24 ta turar-joylarni qurish ishlari boshlangan. Sentabr oyida 898 ta va yil yakuniga qadar 1 006 ta xonadon foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Qolgan 15 ta turar-joy binosi kelgusi yilda topshiriladi;
Sergeli tumani - “Jo‘nariq” MFY hududida ham 648 ta xonadondan iborat 5 ta 16 qavatli va 4 ta 12 qavatli turar-joy binolarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, “Obod mahalla” dasturi doirasida 24 ta mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun jami 820 mlrd so‘m moliyalashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari “Obod mahalla” dasturi doirasida 24 ta mahalladagi 98 ta ko‘chalarda ichki yo‘llarni qurish va tamirlash uchun jami 300 mlrd so‘m respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan. Hozirgacha 81 ta ko‘cha to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Shuningdek, jami aholi iste’molchilariga 616 799 dona gaz hisoblagichlari o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunga qadar aholi iste’molchilari 160 269 dona zamonaviy elektron hisoblagich bilan ta’minlangan.
Yangiliklar lentasi
0