Samarqandda xalqaro arxeologiya maktabi ish boshladi

© agentstvo kulturnogo naslediya Uzbekistana Mejdunarodnaya shkola arxeologii v Samarkande
Mejdunarodnaya shkola arxeologii v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Xalqaro arxeologiya maktabining navbatdagi bosqichi 12-17 sentabr kunlari Buxoroda, 18-24 sentabr kunlari esa Samarqand shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Samarqandda xalqaro arxeologiya maktabi ish boshladi. Bu haqida Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Xalqaro arxeologiya maktabining navbatdagi bosqichi 12-17 sentabr kunlari Buxoroda, 18-24 sentabr kunlari esa Samarqand shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan.
Samarqand arxeologiya instituti, Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand va Buxoro davlat universitetlari ko‘magida tashkil etilgan maktab faoliyatida 10 dan ziyod davlatlardan kelgan yosh tadqiqotchilar ishtirok etmoqdalar.
Ma’lumot uchun, ushbu maktab Markaziy Osiyo xalqaro tadqiqotlar instituti, A.X. Xalikov nomidagi Arxeologiya instituti (Tatariston, Rossiya), Qozon federal universiteti va Bulg‘or davlat tarixiy me’moriy muzey qo‘riqxonasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda IX xalqaro arxeologiya yozgi maktabi ish boshlagandi. Ushbu yozgi maktab 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 1-bosqich 15-28 avgust kunlari Bolgar davlat tarixiy-me’morchilik muzey-qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tgan. O‘zbekistonda 12-25 sentabr kunlari 2-bosqichga oid tadbirlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0