Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari tinch hayot uchun sharoit yaratmoqda – Shoygu

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2022
Obuna bo‘lish
Shoygu: Mariupolda uchta turar-joy binosi qurilgan. Yil oxirigacha yana to‘qqizta uy qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus operatsiya davomida ozod qilingan hududlarda tinch hayot o‘rnatish uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.

“Ukraina Qurolli kuchlari va Milliy batalonlari tomonidan qattiq vayron qilingan Mariupol shahri nazoratini o‘z qo‘liga olganidan so‘ng Oliy qo‘mondon barcha boshpanasizlarni uy-joy bilan ta’minlash va buzilgan infratuzilmani tiklash vazifasini qo‘ydi. Harbiy qurilish majmuasi mutaxassislari shaharda kecha-kunduz ish olib bormoqda”, - dedi Shoygu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Mariupolda uchta turar-joy binosi qurilgan.

“Yil oxirigacha yana to‘qqizta uy qurish rejalashtirilgan”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.

Shoyguning aytishicha, 84 kun ichida Lugansk va Mariupolda “umumiy sig‘imi 260 o‘rinli ikkita ko‘p funksiyali tibbiyot markazi” qurilgan.
“Ular zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan”, dedi vazir.
Ta’kidlanishicha, Volnovaxada 14 kilometr uzunlikdagi suv o‘tkazgich qurilishi yakunlandi.

“Natijada kuniga 35 ming kub metr suv yetkazib berish ta’minlanadi. Rossiya Qurolli kuchlari ozod qilingan hududlarda tinch hayot o‘rnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratmoqda”, - dedi Shoygu.

24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0