Avstriya kansleri Rossiyaga qarshi yangi sanksiya kiritish maqsadga muvofiq emasligini aytdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishKarl Nexammer
Karl Nexammer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Obuna bo‘lish
Karl Nexammerning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbda va Avstriya jamoatchiligida sanksiyalardan charchash alomatlari paydo bo‘lmoqda.
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish hozir maqsadga muvofiq emas, chunki ilgari qabul qilingan choralar o‘z samarasini to‘liq ko‘rsatgani yo‘q. Bu haqda Avstriya kansleri Karl Nexammer Yyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasining 77-sessiyasi doirasida jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Biz ko‘plab sanksiyalar qabul qildik. Hozir biz bu sanksiyalarning samarasini ko‘rishimiz kerak, ular biz kutgandek kor qilmaguncha, o‘ylashimcha, yangi sanksiyalar haqida o‘ylab xato bo‘lgan bo‘lardi ”, - dedi u.
Shu bilan birga kansler G‘arbda va Avstriya jamoatchiligida sanksiyalardan charchash alomatlari paydo bo‘layotgani ta’kidladi.
Venada narx oshishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0