Pelosining Armanistonga tashrifi provokatsion salohiyatga ega - Turkiya parlamenti spikeri

© AFP 2023 / Nathan Howard/Getty Images Spiker Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi v Vashingtone
Spiker Palati predstaviteley SShA Nensi Pelosi v Vashingtone  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2022
Obuna bo‘lish
Mustafa Sentop Pelosiing tashrifi, endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarini buzishi mumkinligini ta’kidladi.
TOShKENT, 19 sen - Sputnik. AQSh Kongressi spikeri Nensi Pelosining Armanistonga tashrifida hech qanday yaxshilik yo‘q, bu provokatsion xususiyatga ega, dedi Turkiyaning parlamenti spikeri Mustafa Sentop turk OAViga.
“AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Ozarbayjonning egallab olingan yerlari ozod qilingandan so‘ng Armanistonga tashrifi - mintaqa va dunyo tinchligi uchun foyda keltirmaydi. Men bu tashrifda hech qanday yaxshilik ko‘rmayapman”, - dedi Mustafa Sentop.
Shuningdek, u Pelosiing tashrifi endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarini buzishi mumkinligini ta’kidladi.

“Odatda bir davlat parlamenti raisining boshqa davlatga tashrifi, bu normal hodisa, biroq bu tashrif - endi normallashib borayotgan Armaniston - Ozarbayjon munosabatlarida yana inqirozni chuqurlashtirish va provokatsion salohiyatga ega”, - dedi Shentop.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni Ozarbayjon va Armaniston orasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan va unda har ikkala tomondan 100ga yaqin harbiylar qurbon bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0