O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kutsenko

Obuna bo‘lish
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashga va’da berdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktori Gosha Kutsenko bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
“Men Toshkentga syomkalar bilan tez-tez kelaman. Bundan 3 oy avval “Sevgi maktublari” spektaklini olib keldik. O‘zbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman”, - dedi aktor.
Kutsenko syomka maydonlarida produserning o‘rni haqida ham so‘zlab o‘tdi:
“Kinoproduser butun jarayonni boshqaradi. U nafaqat kinofilm ishlab chiqarish, balki uni targ‘ibot qilishga va keyinchalik “taqdiri uzoq yashashi”ga ham mas’ul bo‘ladi. Shuning uchun produser kadrlar yetishtirayotganda mas’uliyat bilan yondashish lozim”, - deydi Kutsenko.
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Agentstvo kinematografii Uzbekistana
Tvorcheskaya vstrecha Goshi Kutsenko v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Suhbat chog‘ida rossiyalik aktor o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, Gosha Kutsenko “Manipulyator”, “Omadli jentelmenlar”, “Soxta muhabbat”, “Shifokor”, “To‘rtinchi istak”, “Curiya sonatasi” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.
Yangiliklar lentasi
0