Jonni Depp toshkentlik tomoshabinlar bilan suhbatlashdi

Obuna bo‘lish
“Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi kapitan Jek Chittak obrazi barcha tanish aktor toshkentlik tomoshabinlar onlayn bilan suhbatlashdi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. XIV Toshkent xalqaro kinofestivalida doirasida mashhur amerikalik aktor Jonni Depp toshkentlik tomoshabinlar bilan suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
"Kinochilar uyi"ning kichik zalida real voqealarga asoslangan "Minamata" filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
1/4
2/4
3/4
4/4
Filmda Jonni Depp amerikalik fotograf Smit rolini o‘ynagan. Filmda u simobdan zaharlanishning Minamata (Yaponiya) aholisiga ta’sirini ko‘rsatib bergan.
Namoyishdan so‘ng kinoijodkorlar va aktor Jonni Deppning tomoshabinlar bilan onlayn ijodiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda talabalar jahon kinoyulduzidan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, Jonni Depp “Oltin globus” mukofoti sovrindori. Deppga mashhurlik olib kelgan filmlar: “Eduard. Qo‘l-qaychi”, “Charli va shokolad fabrikasi”, “Ed Vud”, “Suini Todd” va “Alisa mo‘’jizalar mamlakatida”, “Kelin jasadi” multfilmi, shuningdek, “Karib dengizi qaroqchilari” filmidagi kapitan Jek Chittak obrazi.
Yangiliklar lentasi
0