https://oz.sputniknews.uz/20220917/toshkentda-takeshi-kitano-bilan-ijodiy-uchrashuv-otkazildi-28306273.html
Toshkentda Takeshi Kitano bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Toshkentda Takeshi Kitano bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Takeshi Kitano: Mening eng yaxshi ko‘rgan ijodiy asarim hali kelajakda suratga oladigan filmimdir. 17.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-17T15:57+0500
2022-09-17T15:57+0500
2022-09-17T15:57+0500
madaniyat
“ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27806801_0:0:2943:1655_1920x0_80_0_0_9b65278db47eba378e860486ece7cbd9.jpg
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da taniqli yaponiyalik kinorejissor va aktor Takeshi Kitano bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.Yaponiyalik kinorejissor hozirgi zamonaviy yoshlarning ijodi hali mahorat darajasida emasligini, ko‘p o‘qib, izlanishlari lozimligi haqida ham so‘zladi.Kitano o‘z so‘zida eng yaxshi ko‘rgan filmlari haqida ham gapirib o‘tdi.Ma’lumot uchun, yaponiyalik kinorejissor va aktor Takeshi Kitano ijodi davomida “Venetsiya” xalqaro kinofestivalida “Oltin arslon”, Yevropa kinoakademiyasining “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasi g‘olibi, “Osiyo kinofestivali”da nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/05/27806801_134:0:2863:2047_1920x0_80_0_0_58a72c10294252ed9ce957982ebe4dad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
madaniyat, “ipak yo‘li durdonasi” toshkent xalqaro kinofestivali
Toshkentda Takeshi Kitano bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Takeshi Kitano: Mening eng yaxshi ko‘rgan ijodiy asarim hali kelajakda suratga oladigan filmimdir.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da taniqli yaponiyalik kinorejissor va aktor Takeshi Kitano bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Hozirda ko‘pchilik kichik ekranlarda kinofilm ko‘rishga o‘rganib qoldi. Netflix, Youtube, Google va boshqa platformalar orqali ko‘rishadi. Biroq kinokartinalarni katta zaldagi ekranlarda, kinoteatrlarda tomosha qilish lozim. Ana shunda uning effekti va ta’siri boshqacha bo‘ladi”, deydi Takeshi Kitano.
Yaponiyalik kinorejissor hozirgi zamonaviy yoshlarning ijodi hali mahorat darajasida emasligini, ko‘p o‘qib, izlanishlari lozimligi haqida ham so‘zladi.
“Kinosyomka jarayonlarida doim qiynalaman, hatto buyuk Akira Kurosava ham qayta va qayta dubllar bilan ishlagan, u ham filmlaridan qoniqmagan. Kompromiss bo‘lgan taqdirda ham meni ko‘nglim to‘liq to‘lmaydi”, deydi kinorejissor.
Kitano o‘z so‘zida eng yaxshi ko‘rgan filmlari haqida ham gapirib o‘tdi.
“Mening eng yaxshi ko‘rgan ijodiy asarim hali kelajakda suratga oladigan filmimdir. Hamma rejissorlar ham menimcha bu savolga shunday javob beradi”, deydi u.
Ma’lumot uchun, yaponiyalik kinorejissor va aktor Takeshi Kitano ijodi davomida “Venetsiya” xalqaro kinofestivalida “Oltin arslon”, Yevropa kinoakademiyasining “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasi g‘olibi, “Osiyo kinofestivali”da nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.