Kam vaznda tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi qariyb 3 barobar oshdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPerinatalniy sentr
Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda chaqaloq 22 haftadan boshlab tug‘ilib, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lsa, FHDYo idoralarida qayd etiladi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kam vaznda tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi qariyb 3 barobar oshdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, 500 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi so‘nggi olti yilda qariyb 3 barobar oshgan.
Shuningdek, 1000 —1500 gramm vaznda tug‘ilgan chaqaloqlar hayotini saqlab qolish 50 foizdan 75-80 foizgacha yuqoriladi. O‘z navbatida, go‘daklar o‘limi darajasi 11,4 promilledan 9,3 promillega tushdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxanovaning so‘zlariga ko‘ra, hali tana a’zolari to‘liq shakllanib ulgurmagan chaqaloqlarning yashab ketish imkoniyati avvallari deyarli 0 foizga teng bo‘lgan. Endi esa ana shunday go‘daklar hayotini ham saqlab saqlab qolsa bo‘ladi.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, kam vaznli — 1500 grammgacha bo‘lgan chaqaloqlarning yashab qolish darajasi 2015-yilda 25 foizga teng bo‘lgan. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 80 foizgacha yetdi.
“JSST tomonidan ishlab chiqilgan mezonlarga ko‘ra, agar bola homiladorlikning 22-haftasida dunyoga kelib, vazni 500 gramm va undan ortiq, bo‘yi 25 sm. va undan ziyod bo‘lsa, u tirik tug‘ilgan hisoblanadi, deydi Elmira Basitxanova.
Shunga qaramay, ba’zi mamlakatlarda mazkur mezonlar hanuz tegishliliga ko‘ra, 28 hafta, 1000 gramm, 35 sm. sifatida saqlanib qolmoqda.
O‘zbekistonda esa JSST tavsiyalari — amalda. Unga muvofiq, chaqaloq 22 haftadan boshlab tug‘ilib, vazni 500 gramm va undan ortiq bo‘lsa, FHDYo idoralarida qayd etiladi.
Yangiliklar lentasi
0