Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Si Szinpin ShHT sammitida nimalarni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Samarkande pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v uzkom sostave
V Samarkande pod predsedatelstvom Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva sostoyalos zasedanie glav gosudarstv Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v uzkom sostave - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zaro hamkorlik, xavfsizlik hamda xalqaro aloqalar tizimini saqlab qolish - Xitoy ShHT sammitida nimalarni taklif qildi.
TOShKEN, 16 sen - Sputnik. Shanxay hamkorligi tashkilotning Samarqandda bo‘lib o‘tatotgan kengaytirilgan tartibdagi uchrashuvida so‘zga chiqqan Xitoy yetkchisi Si Szinpin ShHT kelajakda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlantirishni taklif qildi.
1. O‘zaro qo‘llab-quvvatlashi kuchaytirish kerak. Uchinchi tomonning davlatning ichki ishlariga aralashishi, "rangli inqiloblar" uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
2. Xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish. Bu borada Xitoy 2000 ming kishiga mo‘ljallangan aksil-terror tayyorlov markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va unda ShHT davlatlari mutaxassislarining malaka oshirishini ta’minlashi mumkin.
Shuningdek, Afg‘oniston yangi hukumatini inklyuziv davlat boshqaruvini qo‘llab-quvvatlash kerak.
3. Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish. Xitoy ushbu tashabbusni bir necha yildan buyon kiritib kelmoqda. "Bitta belbog‘ - bitta yo‘l" tamoyili ham aynan shunga qaratilgan.
Xitoy kelajakda ham rivojlanayotgan davlatlarga insonparvarlik yordamdarini yetkazib berishda davom etadi. Kelgusi yilda 1,5 mlrd. yuanlik yordam rejalashtirilgan.
4. Madaniy - gumanitar hamkorlikni rivojlantirish. Xitoy ShHT davlatlari orasida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. ShHT davlatlari orasida qardosh shaharlar paydo bo‘lmoqda.
Shuningdek Xitoy gumanitar aksiya tariqasida 2000 ta katarakta operatsiyalarini amalga oshirishni rejalashtirgan.
5. Xalqaro huquq tizimini saqlash. Xitoy BMT rahbarligida mavjud xalqaro huquq va xalqaro munosabatlar tizimini saqlab qolish tarafdoridir. Shuningdek adolatli dunyo tartibini saqlab qolishni istaydi.
Nutq so‘ngida Si Szinpin Hindistonni ShHTga raislik yili bilan tabrikladi va muvaffaqiyat tiladi hamda qo‘llab-quvvatlashni va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0