ShHT sammitida Ilhom Aliyev mamlakatning logistika imkoniyatlari haqida gapirdi
15:04 16.09.2022 (yangilandi: 15:13 16.09.2022)
© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy.
© POOL
/ Obuna bo‘lish
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning logistika imkoniyatlariga alohida to‘htalib o‘tdi. Bu haqida Sputnik xabar berdi.
“Shu yilning 7 oyi davomida Ozarbayjon orqali tranzit deyarli 50 foizga oshdi. Mamlakat floti 52 ta kemadan iborat. Boku kemasozlik zavodi barcha turdagi kemalarni ishlab chiqarishi mumkin. 19 ming km yo‘l qurilib, kapital ta’mirlandi”, deydi Ilhom Aliyev.
U o‘z so‘zida shuningdek, O‘zbekiston jadal rivojlanish va muvaffaqiyatli islohotlar yo‘lidan o‘tganini aytib o‘tdi.
“Birodarim Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston jadal rivojlanish va muvaffaqiyatli islohotlar yo‘lidan o‘tdi”, deydi Ozarbayjon rahbari.
Shuningdek, u bir necha oy avval respublikaga juda muvaffaqiyatli tashrif buyurgani va “qardosh O‘zbekiston zaminida bo‘lganidan” mamnun ekanligini ta’kidladi.