https://oz.sputniknews.uz/20220916/raisiy-aqsh-bezorilarcha-oz-qonunlarini-xalqaro-hamjamiyatga-qabul-qildirmoqda-28249699.html
Raisiy: AQSh bezorilarcha o‘z qonunlarini xalqaro hamjamiyatga qabul qildirmoqda
Raisiy: AQSh bezorilarcha o‘z qonunlarini xalqaro hamjamiyatga qabul qildirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Eron prezidenti AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan bosim o‘tkazish dastaklaridan foydalanayotganini ma’lum qildi. 16.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-16T14:33+0500
2022-09-16T14:33+0500
2022-09-16T15:09+0500
shht-2022: samarqand sammiti
ibrohim raisiy
aqsh
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28249019_0:6:2821:1593_1920x0_80_0_0_9791815c6291e6cd1935119158c1d9a8.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. AQSh hukumati bezorilarcha o‘z qonunlarini xalqaro hamjamiyatga qabul qildirmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan bosim o‘tkazish dastaklaridan foydalanmoqda.Raisiy Eron hamkorlik orqali adolatli dunyo yaratish markazida bo‘lishni maqsad qilganini ta’kidladi."Biz sirtdan aralashuvning achchiq tajribasini boshdan kechirmoqdamiz. AQSh o‘z aralashuv siyosatini davom ettirmoqda va uni Osiyo qit’asining boshqa davlatlariga kengaytirmoqda", - dedi u.Eron rahbari Suriya va Afg‘oniston tajribasidan saboq olish lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, NATO siyosatining davom etishi butun dunyo uchun tahdiddir.Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.Samarqand sammitining kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, ShHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28249019_90:0:2821:2048_1920x0_80_0_0_e72286889de4ccb7b31d40a12a947058.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ibrohim raisiy, aqsh, samarqand
ibrohim raisiy, aqsh, samarqand
Raisiy: AQSh bezorilarcha o‘z qonunlarini xalqaro hamjamiyatga qabul qildirmoqda
14:33 16.09.2022 (yangilandi: 15:09 16.09.2022) Eron prezidenti AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan bosim o‘tkazish dastaklaridan foydalanayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. AQSh hukumati bezorilarcha o‘z qonunlarini xalqaro hamjamiyatga qabul qildirmoqda. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.
Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh boshqa mamlakatlarga nisbatan bosim o‘tkazish dastaklaridan foydalanmoqda.
“ShHT bu bir tomonlama yondashuvga qarshi kurashmog‘i zarur. Bank sohasida savdo sheriklik va infratuzilmani mustahkamlash muhim ahamiyatga ega”, - dedi Eron yetakchisi.
Raisiy Eron hamkorlik orqali adolatli dunyo yaratish markazida bo‘lishni maqsad qilganini ta’kidladi.
"Biz sirtdan aralashuvning achchiq tajribasini boshdan kechirmoqdamiz. AQSh o‘z aralashuv siyosatini davom ettirmoqda va uni Osiyo qit’asining boshqa davlatlariga kengaytirmoqda", - dedi u.
Eron rahbari Suriya va Afg‘oniston tajribasidan saboq olish lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, NATO siyosatining davom etishi butun dunyo uchun tahdiddir.
Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etadi.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan.
Samarqand sammitining kun tartibiga muvofiq ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari, ShHTni rivojlantirishning amaliy jihatlari va ustuvor vazifalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.