Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Putin G‘arbni “iqtisodiy xudbinlik”da aybladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vistupayet na zasedanii Soveta glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave.
Prezident RF Vladimir Putin vistupayet na zasedanii Soveta glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
Putin Rossiya siyosati har qanday “xudbinlik”dan xoli ekanligini ta’kidladi.
TOShKENT, 16 sent - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning kengaytirilgan tarkibdagi sammitida mamlakatlarni o‘z siyosatlarida “iqtisodiy xudbinlik” va noqonuniy sanksiyalardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirib, dunyoning yetakchi iqtisodiyotlarining tizimli xatolariga ishora qildi.
“Bizning assotsiatsiyamiz blokdan tashqari xususiyatga ega, biz moliya va energetika sohasidagi qator tizimli xatolar yuzaga kelgan dunyoda kuchayib borayotgan energetika va oziq-ovqat muammolarini hal qilishda ko‘maklashmoqdamiz”, - dedi Putin.
Shuningdek, u Rossiya siyosati har qanday “xudbinlik”dan xoli ekanligini ta’kidladi.
“Umid qilamizki, iqtisodiy hamkorlikning boshqa ishtirokchilari ham o‘z siyosatlarini xuddi shu tamoyillar asosida quradi va proteksionizm, noqonuniy sanksiyalar hamda iqtisodiy xudbinlik vositalaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishni to‘xtatadi”, - dedi Rossiya rahbari.
Bunday siyosatning yorqin namunasi sifatida Putin Yevropa komissiyasining Rossiya o‘g‘itlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorini aytdi.
“Xudbinlikning yorqin misoli — Yevropa komissiyasining Rossiya o‘g‘itlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qaroridir. Biz, albatta, sanksiyani bekor qilish qarorini olqishlaymiz. Ammo bu sanksiyalar faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun bekor qilingan ekan. Dunyodagi eng qashshoq rivojlanayotgan davlatlar-chi? DiKarlo xonim ishtirok etayotganidan foydalanib, men BMT kotibiyatidan Yevrokomissiya qaroriga ta’sir ko‘rsatishni so‘rayman, so‘zda emas, amalda bu cheklovlarni olib tashlashni talab qilaman”, - deydi Putin.
Yangiliklar lentasi
0