Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Sergei Pyatakov  / Mediabankka o‘tishDekorativnaya tikva na territorii religioznogo kompleksa Medrese Barakxan v Tashkente
Dekorativnaya tikva na territorii religioznogo kompleksa Medrese Barakxan v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda dam olish kunlari iliq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, bugun faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Kunduzgi harorat +27...+32 daraja issiqdan oshmaydi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘ylab havo harorati kechalari +11...+16 daraja iliq, kunduz kunlari +27...+32 daraja issiq atrofida saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0