Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDojd v Moskve
Dojd v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi – tafsilotlar.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27...32 darajani tashkil etadi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29...31 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17...22 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0