Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi - video

© SputnikVladimir Putin pribil v Samarkand
Vladimir Putin pribil v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Samarqandda 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Shanxay hamkorlik tashkilotining 15-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga yetib keldi", - deyilgan xabarda.

© SputnikVladimir Putin pribil v Samarkand
Vladimir Putin pribil v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Vladimir Putin pribil v Samarkand
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
© SputnikVladimir Putin pribil v Samarkand
Vladimir Putin pribil v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Vladimir Putin pribil v Samarkand
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz payshanba kuni Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlanadi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0