Toshkent viloyati dasht kengliklariga itolg‘i qushlari qo‘yib yuborildi - video

© Davlat ekologiya qo‘mitasi Itolg‘i qo‘shlari
Itolg‘i qo‘shlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Davlat ekologiya qo‘mitasi va ichiki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida itolg‘i (Falco cherrug) qushlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Toshkent viloyatidagi dasht kengliklariga itolg‘i qushlari qo‘yib yuborildi. Bu haqida Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, Davlat ekologiya qo‘mitasi va ichiki ishlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida itolg‘i (Falco cherrug) qushlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Shu munosabat bilan, 14-sentabr kuni Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari va Tugan Falconry Club jamiyati vakillari Toshkent viloyatidagi dasht kengliklariga 7 dona itolg‘i qushlarini qo‘yib yubordi.
Ma’lumot uchun, itolg‘i qushi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Qolaversa, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish (CITES) Konvensiyasi II ilovasiga va Xalkaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (MSOP) Qizil kitobidan ham joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0