O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikka oid 15 ta hujjat imzoladi – ro‘yxat
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo itogam plodotvornix peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom prinyat solidniy paket dokumentov
Obuna bo‘lish
Jumladan, ikki mamlakat o‘rtasidaFoydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPo itogam plodotvornix peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom prinyat solidniy paket dokumentov
Po itogam plodotvornix peregovorov mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Predsedatelem Kitayskoy Narodnoy Respubliki Si Szinpinom prinyat solidniy paket dokumentov
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, davlat rahbarlari Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan, har tomonlama strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari aks etgan.
Shuningdek, oliy darajadagi tashrif doirasida 15 ta hujjat imzolandi.
Shu jumladan:
“Yashil” taraqqiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Raqamli iqtisodiyot sohasidagi investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum;
Foydali qazilmalarni o‘zlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
Qurilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
2022-2025 yillarda madaniy almashinuv dasturi;
Milliy axborot agentliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Samarqand viloyati va Shandun provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
Toshkent viloyati va Chunsin megapolisi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
Buxoro viloyati va Yunnan provinsiyasi o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim;
Buxoro va Kunmin shaharlari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.
Avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka doir umumiy qiymati 15 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi va bitimlar imzolangani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy raisi Si Szinpin O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan. Shuningdek, Xitoy yetakchisi ShHTning Samarqand sammitida ishtirok etadi.