https://oz.sputniknews.uz/20220915/mirziyoev-va-lukashenko-agroekspress-loyihasini-ishga-tushirishga-kelishib-olishdi-28176432.html
Mirziyoyev va Lukashenko “Agroekspress” loyihasini ishga tushirishga kelishib olishdi
Mirziyoyev va Lukashenko “Agroekspress” loyihasini ishga tushirishga kelishib olishdi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari O‘zbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi. 15.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-15T16:19+0500
2022-09-15T16:19+0500
2022-09-15T16:19+0500
shht-2022: samarqand sammiti
aleksandr lukashenko
shavkat mirziyoyev
samarqanddagi shht sammiti - 2022
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28174778_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_d504a7b5821a51f41a7f5d7a07a44278.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldishdi.O‘zbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘ziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etishdi.Ma’lumot uchun, ikki mamlakat o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgan. Tovar ayirboshlash o‘tgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Agroekspress" loyihasi imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.Xususan, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Minsk shahrida Belarus bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zays bilan uchrashgan.Tomonlar tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qo‘shma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, shuningdek, "Agroekspress" loyihasining mavjud resurslari va imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratishgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/0f/28174778_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_fb9c745a3758483665dc20528895d79c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aleksandr lukashenko, shavkat mirziyoyev, samarqanddagi shht sammiti - 2022
aleksandr lukashenko, shavkat mirziyoyev, samarqanddagi shht sammiti - 2022
Mirziyoyev va Lukashenko “Agroekspress” loyihasini ishga tushirishga kelishib olishdi
Davlat rahbari O‘zbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi.
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv
o‘tkazdi. Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldishdi.
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘ziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etishdi.
Davlat rahbari O‘zbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi.
Ma’lumot uchun, ikki mamlakat o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgan. Tovar ayirboshlash o‘tgan yilda 44 foizga, joriy yilning yetti oyida esa yana 12 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Agroekspress" loyihasi imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingandi.
Xususan, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkent va Minsk hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Minsk shahrida Belarus bosh vazirining o‘rinbosari Leonid Zays bilan uchrashgan.
Tomonlar tayyor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlar bozorlariga eksport qilish uchun qo‘shma fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, shuningdek, "Agroekspress" loyihasining mavjud resurslari va imkoniyatlari asosida Belarus bozoriga o‘zbek meva-sabzavotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor
qaratishgan.