Istoriko-etnograficheskiy park Vechniy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkoviy put, otkrilsya v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920
ShHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Lukashenko Samarqandga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti 16-sentabr kuni ShHT mamlakatlari yetakchilari sammitida ishtrok etadi.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Belarus prezidenti 16-sentabr kuni ShHT mamlakatlari yetakchilari sammitida ishtrok etadi va mamlakatning ShHT formatidagi ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari haqida nutq so‘zlaydi. Sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, iyul oyida Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan, uning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitda boshlanishi kutilmoqda.
ShHT sammiti

Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti boshlandi. Unda 15 ga yaqin davlat rahbari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu sammit O‘zbekistonning ShHTga raislik davrining yakuni bo‘ladi. O‘tgan yil mobaynida ShHT doirasida O‘zbekiston tomonidan 80 tadan ortiq tadbirlar tashkil qilindi, ularning mantiqiy natijasi sifatida Samarqand sammitida 30 taga yaqin davlatlararo hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu hujjatlar ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.

Ular orasida mintaqaviy savdo, sanoat kooperatsiyasi va transport aloqalarini rag‘batlantirish konsepsiyasi va dasturlari bor. Shuningdek, yashil iqtisodiyot, innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shma loyiha va tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0