Yevropa Rossiya bilan kurashda stavkalarni oshirdi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishUrsula fon der Lyayen, arxivnoe foto
Ursula fon der Lyayen, arxivnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Yevropa nega “Ukraina uchun kurash”ga o‘zini urmoqda? Axir ularda na armiya, na yetarli resurslar va na urush tajribasi bor. Balkim ular shunchaki vaqtdan yutmoqchidir?
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Fransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroparlament majlisida nutq so‘zladi.
O‘z nutqida YeK rahbari “Rossiyani YeI kelajagiga tahdid solayotganlikda va unga qarshi gibrid urush olib borayotganlikda rasman aybladi va bizni tor-mor etishga va’da berdi. Mojaroning kuchayishiva navbatdagi bosqichga ko‘tarilishida yangi qadamni de-fakto birlashgan Yevropa yetakchisi – Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen qo‘ydi. Yevropa Ittifoqining "Bosh vazir"i Yevropa Parlamentiga yillik murojaatida so‘zlagan nutqida quyidagilarni ta’kidladi:
"Keling, aniq aytaylik: bu erda juda ko‘p xavf bor. Nafaqat Ukraina uchun, balki butun Yevropa va butun dunyo uchun. Bu biz uchun sinov bo‘ladi. Oramizdagi turli farqlardan foydalanmoqchi bo‘lganlar tomonidan uyushtirilgan sinov. Rossiya tomonidan boshlangan urush "nafaqat Ukrainaga qarshi qaratilgan, balki u bizning energiya xavfsizligimizga, iqtisodimizga, qadriyatlarimizga va kelajagimizga qarshi urush. Va men shu yerda ishonch bilan aytamanki, jasorat va birdamlik orqalibiz Putinni yengamiz. Yevropa g‘alaba qozonadi. Yevropaning Ukraina bilan birdamligi mustahkam bo‘lib qoladi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar esa uning iqtisodiyoti parchalanmaguncha o‘z kuchida qoladi. Endi tinchlanish emas qat’iyat vaqti keldi".
Agar buni Rossiyaga nisbatan ochiq e’lon qiligan urush deb atalmasa, unda bu nima? Axir Yevropa Ittifoqi hozir ham “urushda” ishtirok etmoqda, nafaqat pul, balki qurol-yarog‘ yetkazib berish va Ukraina Qurolli Kuchlarini tayyorlash bilan ham.
“Oldin Yevroparlament hech qachon Yevropa zaminida davom etayotgan urush sharoitida bo‘lmagan va YeIning ahvolini muhokama qilmagan”, “hozir esa demokratiyaga qarshi avtokratiya kurashmoqda” – Ursula fon der Lyayenning ushbu so‘zlari yevropaliklarga vaziyat jiddiyligini tushuntirishi va ilhomlantirishi kerak.
Agar fon der Lyayen Rossiyani Yevropa energetikasi, iqtisodiyoti, qadriyatlari va Yevropa kelajagining dushmani deb atayotgan bo‘lsa, demak ular Rossiya bilan o‘lgunicha kurashga tayor dushman ekanini anglatadimi? Bu so‘zlar hali ochiq aytilmagan bo‘lsa-da, ammo Yevropa Ittifoqi rahbarlari aytgan hamma narsa aynan shuni anglatadi.
Yevropa Rossiyani tor-mor etishi kerak bo‘lgan dushmani deb e’lon qildi: iqtisodiy jihatdan iqtisodimizni parchalash orqali, harbiy yo‘l bilan Ukraina jang maydonida bizni mag‘lub etish orqali va siyosiy jihatdan prezidentimizni hukumatimizni almashtirish orqali. Oxir oqibat, bu Yevropani "fashistik davlat" bilan yangi urushdan ishonchli himoya qilishning yagona yo‘li, deb o‘tgan kuni fon der Lyayenning quroldoshi, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy komissari Jozep Borrel ham aytgan edi.
Shunday qilib, hamma narsa juda aniq: Yevropa Rossiyani mag‘lub etishni xohlaydi. Nima uchun? O‘zlarining yorqin kelajagi, qadriyatlari va demokratiyasini saqlab qolish uchun. Buning uchun yevropaliklar - narxlarning oshishi, energiya taqchilligi va yaqinlashib kelayotgan iqtisodiy inqirozga chidashlari kerak. Shunday qilib, keyinchalik, Rossiya “mag‘lubiyatga uchragach”, ular “biz sharqdan kelayotgan bu dahshatli tahdidga qarshi turdik va g‘alaba qozondik, o‘zimizni va uyimizni saqlab qoldik” deb aytishmoqchi.
O‘zi Yevropada biror kishi ushbu maqsadlarga ishonadimi? Albatta. Shunday bo‘lsada, Rossiya va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarning ko‘p asrlik tarixida rusofobiya Yevropaga bir necha bor bizning mamlakatimiz bilan urush zarurligini tushuntirishga yordam bergan. Turli davrlarda bu urushlar ayirmachilarga qarshi, varvarlarga qarshi va kommunistlarga qarshi deb atalgan. Va bizning G‘arbga bo‘lgan har bir yurishimiz avvalgi "drang nah Osten" bilan emas, balki "abadiy rus tajovuzkorligi" bilan izohlandi. Va endi bo‘lsa biz umumiy Yevropa uyini qurishni davom ettirish uchun Yevropani Sharqdan kelayotgan boshqa tahdiddan himoya qilishimiz kerak.
Fon der Lyayenning nutqidan yana bir so‘z bo‘lmasa, bu tushuntirishda hamma narsa yaxshi bo‘lar edi. U G‘arbiy Bolqon, Ukraina, Moldova va Gruziya aholisiga quyidagi so‘zlar bilan murojaat qildi: "Siz bizning oilamizning bir qismisiz, sizning kelajagingiz bizning ittifoqimizda va sizsiz bizning ittifoqimiz to‘liq emas".
Keling, albanlar va serblar uchun emas, balki Ukraina, Moldova va hatto Transkavkaz Gruziyasi uchun gapiraylik - bu hudud aniq Yevropami? Hozirgi yevropaliklarning o‘zlari nuqtayi nazaridan va tarixiy nuqtayi nazardan qaralganda ham? Ukrainani “Rossiya emas”ligi bilan qanday aldanmasin, u rus dunyosining bir qismidir. Ursula "Yevropa qit’asidagi urush" deb atagan narsaga aynan Ukrainani o‘ziga yot sivilizatsiya, tarixiy va geosiyosiy makonga olib kirishga, uni Rossiyadan ajratishga urinishlar sabab bo‘ldi.
Darhaqiqat, asrlar davomida urushlar G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa deb tushunilgan Evropa hududida emas, balki tarixiy Rossiya hududida sodir bo‘lmoqda. Ammo SSSR parchalanganidan keyin Yevropa Ukrainani o‘z dunyosining bir qismi deb hisobladi, ya’ni Yevropa va Rossiya sivilizatsiyalarining tarixiy chegaralarini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi.
Ha, dastlab anglo-sakslar Ukrainani o‘g‘irlashning asosiy tashabbuskori bo‘lishdi, lekin asta-sekin ularning birlashgan G‘arbdagi kichik sherigi bo‘lgan Yevropa ham Ukraina uchun kurashga aralashdi.
Ya’ni, Yevropa xalqimiz birligiga, sivilizatsiyamizga, kelajagimizga tahdidga aylangan, ammo hozir Rossiyani Yevropa kelajagiga tahdid solayotganlikda ayblamoqda! Hamma narsa ostin-ustun bo‘lib ketdi - Rossiya shunchaki o‘zerlarini himoya qilishga va qaytarishga harakat qilmoqda. Ular bo‘lsa o‘zganing yerini o‘ziga qo‘shib olishga urinmoqda. Ustiga-ustak, agar Rossiya o‘z tarixidan, o‘z yerlaridan, o‘z manfaatlaridan voz kechmasa, mag‘lub bo‘lish va tor-mor etish va’da qilingan. Kim va’da qilmoqda? SSSR Sharqiy Yevropani o‘z ixtiyori bilan tark etgandan keyingina birlashish imkoniyatiga ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqi, ya’ni nemislar. Ha, bu inqiroz va mamlakatimizning o‘zi, SSSR parchalanishi paytida sodir bo‘ldi va biz minnatdorchilik talab qilmaymiz. Ammo yevropaliklarning o‘zi ham minimal tarixiy xotiraga ega bo‘lishi kerak-ku? Hech bo‘lmaganda o‘zini himoya qilish hissi bo‘lishi kerak. Rossiya yerlarini tortib olish uchun bo‘lgan shuncha urushlar va avlod-ajdodlarining mag‘lubiyati, ularga rus uyiga kirish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini tushuntirish kerak edi-ku?
O‘z-o‘zini himoya qilish hissi bu yevropaliklarning o‘zlari uchun hammasi qanday tugashini aytadi. Ha, bugungi Yevropa iqtisodiy jihatdan Rossiyadan ancha kuchli va anglo-sakslar bilan birgalikda G‘arb harbiy qudratda bizdan sezilarli darajada ustundir, ammo ulushlarni mutlaqo solishtirib bo‘lmaydi. G‘arb chekka hududlar hisobiga o‘z hududini kengaytirmoqchi bo‘lib, Rossiyaga qarshi to‘siq qurmoqchi, mamlakatimiz esa o‘z birligini tiklayapti. Yana bir g‘alayon va davlatning qulashi oqibatlarini yengib o‘tmoqda. Biz uchun bu hayot-mamot masalasi, ammo Yevropa va G‘arb uchun bu shunchaki Rossiyaning vaqtincha bo‘linishidan foydalanib qolishga urinishdir. Shuning uchun biz chekinmaymiz va G‘arb oxir-oqibat yutqazadi.
Ammo bu ular uchun falokat bo‘lmaydi, shunday emasmi? Xo‘sh, Rossiya yerlarini o‘ziga qo‘shib olish ish bermadi - Yevropa Ittifoqining o‘zi va umuman G‘arb uchun, bu dunyoning oxiri emas, shunday emasmi? Agar G‘arb hozir ancha qiyin ahvolda bo‘lmaganida shunday bo‘lardi. G‘arb yetakchiligining yarim ming yillik davri nihoyasiga yetmoqda – bu jarayon yana bir necha o‘n yillar davom etadi, biroq harakat yo‘nalishi allaqachon aniq bo‘lgan.
Shuning uchun ham G‘arb “Ukraina uchun kurash”dan, shunchiki o‘z so‘nish davrini orqaga surish, hech bo‘lmaganda biroz sekinlashtirish uchun foydalanishga harakat qilmoqda. Ursula o‘z ritorikasida “ustunlarni” ko‘taradi - shuning uchun butun "fashistik rejim bilan demokratik Yevropa uchun kurash", "biz Rossiya ustidan g‘alaba qozonguncha turamiz" degan gaplarni aytdi.
Ammo bu urushda keskinlikni oshirish orqali Yevropa shunchaki “yolg‘on” kuch va qat’iyat namoyish qilmoqda – aslida o‘z niyatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun ularda hech narsa yo‘q, urushda yutqazsa ham hech narsa yo‘qotmaydi. Ularning o‘zi ham, boshqa barcha global kuch markazlari ham buni yaxshi tushunishadi. Rossiya ham buni tushunadi, shuning uchun u Yevropaga biz bilan “qarta o‘ynash” uchun stolga o‘tirgan beadab va ochko‘z o‘yinchi sifatida qaraydi. Lekin ular dastlabki imkoniyatdanoq o‘yinni tark etishga tayyor. Biz uchun esa bu “o‘yin” hayot-mamot jangi, chunki biz adolat uchun kurashmoqdamiz va biz oxirigacha boramiz. Oxir oqibat g‘alaba bizniki bo‘ladi va Yevropa rus yerlariga havas qilganidan yana bir bor pushaymon bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0