https://oz.sputniknews.uz/20220914/ei-havo-sovishi-bilan-rossiyaga-qarshi-sanktsiyalarni-qayta-korib-chiqishi-mumkin--vengriya-tiv-28080384.html
YeI havo sovishi bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin – Vengriya TIV
YeI havo sovishi bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin – Vengriya TIV
Sputnik O‘zbekiston
Menser: Sovuq kelib, bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotni boshqarish zarur bo‘lganda, haqiqat har bir Yevropa davlatining eshigini taqillatadi. 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T14:44+0500
2022-09-14T14:44+0500
2023-04-05T18:39+0500
dunyoda
vengriya
sanksiya
iqtisodiy urush
yevropa ittifoqi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15907056_0:154:3093:1893_1920x0_80_0_0_7cc968879b463723701204df2300c756.jpg
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Vengriya tashqi ishlar vazirligi vakili Tamash Menser Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni kuzda qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini istisno etmadi. Bu haqda u Vengriyaning M1 telekanali efirida ma’lum qildi.Joriy yilning 24-fevralkuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rashi munosabati bilan Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskvaning rejalarida Ukraina hududlarini bosib olish yo‘q, maqsadlar esa mamlakatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishdir. G‘arb Rossiyaning qaroriga javoban unga qarshi ko‘plab va keng ko‘lamli sanksiyalarni bosqichma-bosqich joriy qila boshladi. G‘arb davlatlari Kiyevga o‘n milliardlab dollar miqdorida qurol va harbiy texnika yetkazib berishni boshladi.Ayrim G‘arb siyosatchilari bu, aslida, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush ekanini tan oldi. Putin 16-mart kuni ta’kidlaganidek, G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalar siyosatida barcha tajovuzkorlik belgilari mavjud.
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15907056_180:0:2911:2048_1920x0_80_0_0_0cb838f6729f22eba76bc11101b76d35.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vengriya, sanksiya, iqtisodiy urush, yevropa ittifoqi, rossiya
dunyoda, vengriya, sanksiya, iqtisodiy urush, yevropa ittifoqi, rossiya
YeI havo sovishi bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin – Vengriya TIV
14:44 14.09.2022 (yangilandi: 18:39 05.04.2023) Menser: Sovuq kelib, bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotni boshqarish zarur bo‘lganda, haqiqat har bir Yevropa davlatining eshigini taqillatadi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Vengriya tashqi ishlar vazirligi vakili Tamash Menser Yevropa Ittifoqi tomonidan Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni kuzda qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini istisno etmadi. Bu haqda u Vengriyaning M1 telekanali efirida
ma’lum qildi. “Sanksiyalar energiya tanqisligi va [Yevropada] narxlarning sezilarli darajada ko‘tarilishini keltirib chiqardi. Men bu masalada optimist emasman, lekin sanksiyalarni kuzda qayta ko‘rib chiqishni kutish mumkin. Borgan sari ko‘proq odamlar vaziyatning haqiqiy holatini ko‘rmoqda. Sovuq kelib, bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotni boshqarish zarur bo‘lganda, haqiqat har bir Yevropa davlatining eshigini taqillatadi”, - dedi Menser.
Joriy yilning 24-fevralkuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so‘rashi munosabati bilan Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskvaning rejalarida Ukraina hududlarini bosib olish yo‘q, maqsadlar esa mamlakatni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishdir. G‘arb Rossiyaning qaroriga javoban unga qarshi ko‘plab va keng ko‘lamli sanksiyalarni bosqichma-bosqich joriy qila boshladi. G‘arb davlatlari Kiyevga o‘n milliardlab dollar miqdorida qurol va harbiy texnika yetkazib berishni boshladi.
Ayrim G‘arb siyosatchilari bu, aslida, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urush ekanini tan oldi. Putin 16-mart kuni ta’kidlaganidek, G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalar siyosatida barcha tajovuzkorlik belgilari mavjud.