Bolqon davlatlari Erdog‘andan Putin bilan gaz masalasini muhokama qilishni so‘radi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyGazoprovod "Severniy potok"
Gazoprovod Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2022
Obuna bo‘lish
Kirishchi Turkiya delegatsiyasining Bosniya va Gersegovina, Serbiya va Xorvatiyaga tashrifi haqida gapirdi.
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Bolqon davlatlari yetakchilari qishda muammolar yuzaga kelmasligi uchun Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘andan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lajak uchrashuvda o‘z mamlakatlariga gaz yetkazib berish masalasini muhokama qilishni so‘radi. Bu haqda Turkiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Vahit Kirishchi ma’lum qilgan.
Erdog‘an o‘tgan hafta Bolqon davlatlariga bordi. Shu hafta Putinning taklifiga binoan u Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida ishtirok etadi, unda rejalashtirilganidek, ikki davlat rahbarlari muzokaralar o‘tkazadi.
Kirishchi Turkiya delegatsiyasining Bosniya va Gersegovina, Serbiya va Xorvatiyaga tashrifi haqida gapirdi.
“Har uch mamlakatning prezidentlari va bosh vazirlari bildirgan taklif: “Iltimos, kelasi (shu) haftada Shanxay sammitida bo‘lasiz. Iltimos, buni Putinga yetkazing. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan munosabatlaringiz yaxshi, iltimos, kelayotgan qishda bizning mazutimizni ham, gazni ham kamaytirmasliklarini so‘rang”, dedi vazir.
G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechishi siyosati tufayli energiya narxining oshishi va inflyatsiyaning o‘sishiga duch kelmoqda. Qo‘shma Shtatlar va Yevropa davlatlari so‘nggi o‘n yillik ichidagi rekord darajadagi inflyatsiyaga yuz tutmoqda.
Yangiliklar lentasi
0