https://oz.sputniknews.uz/20220914/aqsh-yana-neft-28095095.html
AQSh yana neft zaxiralariga yopishapti
AQSh yana neft zaxiralariga yopishapti
Sputnik O‘zbekiston
Dekabr oyida Rossiya neftiga qo‘llanilagan embargo tufayli G‘arb hozirdan sarosimada. Nafaqat energota’minotlar tanqisligi balki, narx-navoning keskin ko‘tarilishi... 14.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-14T22:09+0500
2022-09-14T22:09+0500
2022-09-14T22:09+0500
kolumnistlar
aqsh
neft
benzin
benzin narxi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15189815_0:2:3071:1729_1920x0_80_0_0_aac84db2504dd66d117fb3d9c912fa58.jpg
Yoqilg‘i inflyatsiyasi “osmonga chiqqan” AQShda strategik zaxiralardan ko‘proq yoqilg‘i sotib halokatni oldini olishmoqchi. Amerikaliklar qancha qora oltin sotishga qodir va neft intervensiyalari halokatdan qutqaradimi - RIA Novosti materialida batafsilNarxlar ko‘tarilishidan qo‘rquvEIning oltinchi sanksiyalar paketiga muvofiq, 5-dekabrda Rossiyadan dengizdan neft yetkazib berishga embargo kuchga kiradi. 5-fevraldan – neft mahsulotlariga. Shuningdek, “katta yettilik” mamlakatlari buni Rossiya uglevodorodlari uchun narx chegarasi bilan bog‘lashmoqchi.Moskva cheklovlarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni xomashyo yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qilib ogohlantirgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bunday holatda bozor beqarorlashishi muqarrar. Va bundan avvalo yevropalik hamda amerikalik iste’molchilar zarar ko‘radi.Qora kungaBloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati “neft narxini pasaytirish yo‘llari, shu jumladan, strategik zaxiralardan qo‘shimcha hajmlarni bo‘shatish imkoniyatni ko‘rib chiqishmoqda”.Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, Yevropaning Rossiya energota’minotlaridan voz kechishi dunyo bozorida talab kuchayishi va kotirovkalarning oshishiga olib keladi. Agar Oq uy zaxiralarni ishga tushirishga qaror qilsa, noyabr, dekabr va yanvar oyida yoqilg‘i intervensiyalari kuzatilishi mumkin.Favqulodda holatlar uchun AQSh strategik zaxirasi Luiziana va Texas yer ostida saqlanadi. Bu juda katta zaxira. 2021-yil so‘nggida u 600 million barrelga baholangan.Biroq, benzin narxining keskin ko‘tarilishi tufayli uni ochishga to‘g‘ri keldi. Mart oyida Bayden yarim yil mobaynida 180 million qo‘shimcha barrel bozorga chiqarilganini ma’lum qilgan edi.Bu misli ko‘rilmagan hodisa. 2000-yilda shimoli-sharqiy shtatlarda yoqilg‘i yetishmaganda va 2011-yilda “arab bahori” fonida ham hatto 30 milliondan ko‘p qazib olinmagan. 2021-yil so‘nggida kotirovkalarni 100 dollardan pastroq saqlash uchun ozgina mablag‘ ajratishdi. Yordam bermadi.Qisqa muddatli ta’sirBu safar qancha qazib olinishi ma’lum qilinmagan. Ayni paytda AQSh strategik zaxirasida – 442, 5 million barrel bor. Baydenning rejasi amalga oshirilgandan so‘ng 388 million qoladi. Bu 1984-yil yanvaridan eng kam ko‘rsatkich, deydi Capital Lab hamkori Yevgeniy Shatov. Ammo bundan uzoq muddat ijobiy natija kutish mumkin emas.“AQSh zaxiralarini to‘liq ishlatish niyatida emas. Bundan tashqari, ular olti oylik limitni hisobga olishgan, chunki ular kuniga bir million barrelga qazib olishni ko‘paytirishni nazarda tutgan edi. Biroq, faqat 0,3 million barrel qo‘shildi-kuniga 12 million barrelgacha” , – deydi ekspert.Analitiklar alohida ta’kidlashmoqda: jahon neft bozori hozirgi vaqt talab va taklif nuqtayi nazaridan muvozanatlashtirilgan. Agar kelgusi embargo narxlarga ta’sir ko‘rsatsa, boshqa masala. Xomashyo retsessiya tufayli arzonlashadi, shuningdek, Xitoyda kovidning yangi epidemiyalari, mamlakatda toqatsizlik siyosati butun tuman va shaharlarni yopmoqda.“Neft iyun oyida bir barrel uchun 127 dollardan tushishni boshlagan paytdan boshlab sezilarli pasayish tendensiyasida bo‘ldi. Nazariy jihatdan, sentabr oyiga kelib yanvar oyidagi eng past darajalar kuzatilishi, 80 dollar yoki undan ham past bo‘lishi mumkin”, - deydi Mixail Oganezov, Total Research strategik tadqiqotlar departamenti mutaxassisi.Shunga qaramay, neft embargosi sharoitida Xitoyning uzoq davom etgan lokdaundan chiqishi iste’molni va o‘z navbatida narxlarni ham oshirishi mumkin. Amerika zaxiralari bozor shiddatiga ta’sir qilishi dargumon.“Strategik zaxiralardan olib sotishning ta’siri bir nechta hafta bilan cheklangan bo‘lishi mumkin”,- deydi Kirill Tachennikov, Sinara investitsion bankining tahlillar departementi direktori.Vashington umid qilgan yagona jihat- mamlakatda oz bo‘lsa ham narxlarni pasaytirish. Saylovlardan so‘ng Kongress juda qimmat benzin bilan zaxira neftni eksport qilishga qaror qilishi ehtimoli juda past.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15189815_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_5ef237f0f05c3d85ff058153f7d0e3ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, aqsh, neft, benzin, benzin narxi
kolumnistlar, aqsh, neft, benzin, benzin narxi
AQSh yana neft zaxiralariga yopishapti
Dekabr oyida Rossiya neftiga qo‘llanilagan embargo tufayli G‘arb hozirdan sarosimada. Nafaqat energota’minotlar tanqisligi balki, narx-navoning keskin ko‘tarilishi kutilmoqda.
Yoqilg‘i inflyatsiyasi “osmonga chiqqan” AQShda strategik zaxiralardan ko‘proq yoqilg‘i sotib halokatni oldini olishmoqchi. Amerikaliklar qancha qora oltin sotishga qodir va neft intervensiyalari halokatdan qutqaradimi - RIA Novosti materialida batafsil
Narxlar ko‘tarilishidan qo‘rquv
YeIning oltinchi sanksiyalar paketiga muvofiq, 5-dekabrda Rossiyadan dengizdan neft yetkazib berishga embargo kuchga kiradi. 5-fevraldan – neft mahsulotlariga. Shuningdek, “katta yettilik” mamlakatlari buni Rossiya uglevodorodlari uchun narx chegarasi bilan bog‘lashmoqchi.
Moskva cheklovlarni qo‘llab-quvvatlaydiganlarni xomashyo yetkazib berishni to‘xtatishini ma’lum qilib ogohlantirgan. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, bunday holatda bozor beqarorlashishi muqarrar. Va bundan avvalo yevropalik hamda amerikalik iste’molchilar zarar ko‘radi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati “neft narxini pasaytirish yo‘llari, shu jumladan, strategik zaxiralardan qo‘shimcha hajmlarni bo‘shatish imkoniyatni ko‘rib chiqishmoqda”.
Ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, Yevropaning Rossiya energota’minotlaridan voz kechishi dunyo bozorida talab kuchayishi va kotirovkalarning oshishiga olib keladi. Agar Oq uy zaxiralarni ishga tushirishga qaror qilsa, noyabr, dekabr va yanvar oyida yoqilg‘i intervensiyalari kuzatilishi mumkin.
Favqulodda holatlar uchun AQSh strategik zaxirasi Luiziana va Texas yer ostida saqlanadi. Bu juda katta zaxira. 2021-yil so‘nggida u 600 million barrelga baholangan.
Biroq, benzin narxining keskin ko‘tarilishi tufayli uni ochishga to‘g‘ri keldi. Mart oyida Bayden yarim yil mobaynida 180 million qo‘shimcha barrel bozorga chiqarilganini ma’lum qilgan edi.
Bu misli ko‘rilmagan hodisa. 2000-yilda shimoli-sharqiy shtatlarda yoqilg‘i yetishmaganda va 2011-yilda “arab bahori” fonida ham hatto 30 milliondan ko‘p qazib olinmagan. 2021-yil so‘nggida kotirovkalarni 100 dollardan pastroq saqlash uchun ozgina mablag‘ ajratishdi. Yordam bermadi.
Bu safar qancha qazib olinishi ma’lum qilinmagan. Ayni paytda AQSh strategik zaxirasida – 442, 5 million barrel bor. Baydenning rejasi amalga oshirilgandan so‘ng 388 million qoladi. Bu 1984-yil yanvaridan eng kam ko‘rsatkich, deydi Capital Lab hamkori Yevgeniy Shatov. Ammo bundan uzoq muddat ijobiy natija kutish mumkin emas.
“AQSh zaxiralarini to‘liq ishlatish niyatida emas. Bundan tashqari, ular olti oylik limitni hisobga olishgan, chunki ular kuniga bir million barrelga qazib olishni ko‘paytirishni nazarda tutgan edi. Biroq, faqat 0,3 million barrel qo‘shildi-kuniga 12 million barrelgacha” , – deydi ekspert.
Analitiklar alohida ta’kidlashmoqda: jahon neft bozori hozirgi vaqt talab va taklif nuqtayi nazaridan muvozanatlashtirilgan. Agar kelgusi embargo narxlarga ta’sir ko‘rsatsa, boshqa masala. Xomashyo retsessiya tufayli arzonlashadi, shuningdek, Xitoyda kovidning yangi epidemiyalari, mamlakatda toqatsizlik siyosati butun tuman va shaharlarni yopmoqda.
“Neft iyun oyida bir barrel uchun 127 dollardan tushishni boshlagan paytdan boshlab sezilarli pasayish tendensiyasida bo‘ldi. Nazariy jihatdan, sentabr oyiga kelib yanvar oyidagi eng past darajalar kuzatilishi, 80 dollar yoki undan ham past bo‘lishi mumkin”, - deydi Mixail Oganezov, Total Research strategik tadqiqotlar departamenti mutaxassisi.
Shunga qaramay, neft embargosi sharoitida Xitoyning uzoq davom etgan lokdaundan chiqishi iste’molni va o‘z navbatida narxlarni ham oshirishi mumkin. Amerika zaxiralari bozor shiddatiga ta’sir qilishi dargumon.
“Strategik zaxiralardan olib sotishning ta’siri bir nechta hafta bilan cheklangan bo‘lishi mumkin”,- deydi Kirill Tachennikov, Sinara investitsion bankining tahlillar departementi direktori.
Vashington umid qilgan yagona jihat- mamlakatda oz bo‘lsa ham narxlarni pasaytirish. Saylovlardan so‘ng Kongress juda qimmat benzin bilan zaxira neftni eksport qilishga qaror qilishi ehtimoli juda past.